AQSh Venesueladagi neftga bo‘lgan huquqlarini qaytarib olishni istaydi, Vashingtondan bu huquqlarni Venesuela hukumati tortib olgan, dedi Donald Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela Qo‘shma Shtatlarga tegishli aktivlarni noqonuniy ravishda egallab olgan, Amerika kompaniyalarini mamlakatdan haydab chiqargan hamda yerlar va neft qazib olish huquqlarini tortib olgan.
"Ular uni noqonuniy ravishda olib ketishgan," - dedi Amerika yetakchisi jurnalistlarga.
Tramp shuningdek, Vashington Venesuela rasmiylarini aktivlarni o‘g‘irlash, terrorizm, narkotrafik va odam savdosida ayblab, ularni xorijiy terrorchilik tashkiloti deb bilishini ta’kidladi.
"Mamlakatimiz kuchli bo‘ladi. Biz adolatni tiklaymiz!", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.