Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Venesuela prezidenti Maduroning sanoqli kunlari qoldi(mi)?

Venesuela prezidenti Maduroning sanoqli kunlari qoldi(mi)?

Tramp Venesuela prezidenti Maduroning sanoqli kunlari qolganini aytdi.

Shu bilan birga, CBS telekanali jurnalistining "AQSh Venesuelaga qarshi harbiy choralar ko‘rish niyatidami?", degan savolga javob bermadi.

"Bunday bo‘ladi deb aytmoqchi emasman, chunki men jurnalist bilan zarba berish yoki bermaslik masalasini muhokama qilmayman", — dedi AQSh prezidenti.

"Lekin Venesuela hukumati biz bilan juda yomon munosabatda bo‘lmoqda, bu faqat narkotiklar masalasida emas. Ular mamlakatimizga biz qabul qilmoqchi bo‘lmagan yuz minglab noqonuniy migrantlarni yubordi. Venesuela o‘z qamoqxonalaridagi mahbuslarini shunchaki ozod qilib, Qo‘shma Shtatlarga jo‘natishdi. Bundan tashqari, ular o‘zlarining ruhiy kasaliklar shifoxonalarini va psixiatriya muassasalarini bo‘shatib, u yerdagi bemorlarni bizni davlatimizga yuborishdi. Chunki Jo Bayden bizning mamlakat tarixidagi eng yomon prezidentdir", — dedi AQSh prezidenti.

Kiritildi: 16:44 03.11.2025. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!