Telekanalning xabar berishicha, bu qaror AQSh qo‘shinlarining Karib dengizi mintaqasiga joylashtirilishiga javob tariqasida qabul qilingan.
Venesuela mudofaa vaziri Padrino Lopesning so‘zlariga ko‘ra, bu chora “AQShdan kelayotgan imperialistik tahdid”ga qarshi javob hisoblanadi. Shuningdek, vazirlik fuqarolardan tashkil topgan zahira kuchlari — Bolivar milisiyasi ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlanganini ma’lum qilgan.