Foro Penal inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot rahbari Alfredo Romeroning ma’lum qilishicha, 104 kishi ozod qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq ham kamida 156 nafar siyosiy mahkum qamoqdan chiqarilgan.
Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, Nikolas Maduro hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng mamlakatda ozod qilingan siyosiy mahbuslarning umumiy soni kamida 260 kishini tashkil etadi.
Huquq himoyachilari Platforma Unitaria Democrá esa 25 yanvar kechiga qadar jami 277 nafar siyosiy mahbus erkinlikka chiqarilganini bildirgan.
Foro Penal ma’lum qilishicha, Venesuelada jami 797 nafar siyosiy mahbus mavjud bo‘lgan. Platforma Unitaria Democrática ularning soni 1100 nafardan oshgan deb hisoblamoqda.
23 yanvar kuni Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges qamoqxonalardan jami 626 kishi ozod qilinganini ma’lum qildi. Rodriges ulardan qanchasi siyosiy sabab bilan sudlanganiga aniqlik kiritmagan.