Venada (Avstriya) Forgartenshtrasse hududidagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
Avstriya matbuot agentligining xabar berishicha, xonadon ichida ham, tashqarisida ham o‘q uzildi. Gumon qilingan jinoyatchi polisiyadan qochishga uringanidan keyin o‘lik holda topilgan. Shuningdek, xonadondan ham halok bo‘lgan ayol topildi.
Polisiya jamiyat uchun hech qanday xavf yo‘qligini aytdi va tergov harakatlari olib borilayotganini tasdiqladi.