26 oktyabr kuni Rossiya armiyasi Ukrainaning bir qancha shaharlariga, jumladan Kiyevga havo hujumlarini davom ettirdi.
Kiyev shahar harbiy boshqarmasi xabar berishicha, bu safar hujumlar birinchi navbatda Dnepr daryosining chap qirg‘og‘idagi hududlarni nishonga olgan. Zarbalar natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 28 kishi, jumladan, ikki bola yaralandi.
Asosiy nishonlar Desnyanskiy, Darniskiy va Poznyaki tumanlari edi. Havoda urib tushirilgan dronlar turar-joy binolari ustiga qulab, katta zarar yetkazdi. Desnyanskiy tumanida uch kishilik oila halok bo‘ldi.