Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vashingtonda favqulodda vaziyatlar uchun maxsus vertolyot bo‘linmasi tuzildi

Vashingtonda favqulodda vaziyatlar uchun maxsus vertolyot bo‘linmasi tuzildi

Vashington yaqinida joylashgan Endryus aviabazasida so‘nggi 60 yil ichida ilk bor yangi vertolyot eskadrilyasi tashkil etildi.

Bu haqda aviabaza matbuot xizmati tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi.

24-vertolyot eskadrilyasi AQSh poytaxti mintaqasida davlat boshqaruvining uzluksizligini ta’minlash maqsadida tuzilgan.

Bo‘linmaning asosiy vazifasi hukumatning yuqori martabali vakillari, harbiy rahbarlar hamda boshqa strategik ahamiyatga ega xodimlarni xavfsiz va tezkor tashishdan iborat bo‘ladi.

Eskadrilya umummilliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlar, global inqirozlar yoki Vashingtonga nisbatan ehtimoliy tahdidlar yuzaga kelgan holatlarda jalb etiladi.

Yangi bo‘linma eng zamonaviy HH-60W Jolly Green II vertolyotlari bilan ta’minlanadi. Ular 1-vertolyot eskadrilyasi tomonidan o‘nlab yillar davomida foydalanilgan, eskirib borayotgan UH-1N Huey vertolyotlarining o‘rnini bosadi.

Kiritildi: 13:11 29.08.2026. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!