Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vashingtonda AQSh armiyasining 250 yilligi: tarixiy harbiy parad va festival

Vashingtonda AQSh armiyasining 250 yilligi: tarixiy harbiy parad va festival

AQSh armiyasining 250 yilligi munosabati bilan 2025 yil 14 iyun kuni Vashingtonda harbiy parad o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Pentagon matbuot kotibi Hizer Heyganning ma’lum qilishicha, paradga taxminan 150 dona harbiy texnika, 50 ta samolyot va 6600 nafar harbiy xizmatchi jalb etiladi, shuningdek, tadbir mushakbozlik bilan yakunlanadi.

ABC News telekanalining xabariga ko‘ra, shu kuni Vashingtonda bir kunlik festival ham bo‘lib o‘tadi. Unda harbiy texnika namoyish etilishi, musiqiy chiqishlar va sport musobaqalari tashkil qilinishi rejalashtirmoqda.

"Bu mamlakatmiz tarixidagi “eng yirik va eng chiroyli harbiy parad” bo‘ladi", — deya AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegsetning so‘zlarini keltiradi Fox News.

Qo‘shma Shtatlarda harbiy paradlar tez-tez o‘tkazilmaydi — so‘nggi yirik parad 1991 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan.

Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida 14 iyulda Fransiyada Bastiliyaning egallanishi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy paradni ko‘rgach, Qo‘shma Shtatlarfda ham yirik harbiy paradlar tashkillashtirish tashabbusini ilgari surgan. Biroq o‘shanda bu g‘oya amalga oshmagan, davlat idoralari paradni tashkil qilish uchun 90 million dollar sarflashni istamagandi.

Vashington shahri ma’muriyati esa tanklar va og‘ir harbiy texnikaning yo‘llarga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararidan xavotir bildirgan. ABC News'ning, parad rejasidan xabardor rasmiyga tayanib xabar berishicha, tanklarga Virjiniya shtatidan shahar tomon o‘tuvchi ko‘priklarda harakatlanishga ruxsat berilmaydi. Shahar ichida esa ular faqat belgilangan yo‘llar bo‘ylab harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 19:07 03.05.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!