Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Ukrainaga Patriot mudofaa tizimlarini yetkazish ustida ish olib bormoqda, lekin bu tizimlar ushbu mamlakatlarning hatto o‘z ehtiyojlari uchun ham yetarli emas.
Bundan tashqari, AQSh Davlat kotibi Ukrainada nega haligacha tinchlikka erishilmaganiga izoh berdi.
"Asosiy muammo shundaki, Rossiya hozirda unda yo‘q va o‘zi haqli bo‘lmagan narsalarni xohlamoqda, Ukraina esa harbiy yo‘l bilan qaytarib ololmaydiganlarini istamoqda. Muammoning mohiyati mana shunda", — deya ta’kidladi Rubio.
Davlat departamenti rahbari, shuningdek, Ukrainadagi mojaro G‘arb davlatlarining diqqati va resurslarini Osiyodagi "ancha jiddiy tahdidlarni" tiyib turishdan chalg‘itayotganini aytdi.