Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Vashington sammitida erishilgan kelishuvlar va ilgari surilgan takliflar e’lon qilindi

Vashington sammitida erishilgan kelishuvlar va ilgari surilgan takliflar e’lon qilindi

AQSh va O‘zbekiston rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “C5+1” formatidagi sammit yakunlari bo‘yicha muhim kelishuvlar va istiqbolli takliflar ma’lum qilindi. Uchrashuv ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni ko‘zda tutadi.

🔹 Strategik xomashyo sohasida hamkorlik
O‘zbekiston va AQSh uran, mis, volfram, molibden va grafitni qazib olish hamda ularni chuqur qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi.

🔹 Aviatsiya sohasida yangi kelishuv
Uzbekistan Airways yana 8 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Shu bilan jami buyurtma qilingan samolyotlar soni 22 taga yetdi. Loyihaga AQSh Eksport-import banki ham jalb etiladi.

🔹 Qishloq xo‘jaligida yirik investisiya
Amerikaning John Deere kompaniyasi bilan 300 mln dollarlik bitim imzolandi. Shundan 150 mln dollar paxta terish mashinalari sotib olishga yo‘naltiriladi.

🔹 Moliya sohasida yangi qadam
AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporasiyasi (DFC) Toshkent shahrida o‘zining mintaqaviy ofisini ochishi rejalashtirilmoqda.

🔹 Raqamli to‘lov tizimlari yangiligi
Yaqin vaqtlarda O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlari rasman joriy etiladi.

🔹 Trampning bayonoti
Donald Tramp:

“Avvalgi prezidentlar Markaziy Osiyoga yetarli e’tibor bermagan. Biz bu xatoni tuzatmoqdamiz.”

🔹 Mirziyoyevning so‘zlari
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“O‘zbekistonda Sizni ‘tinchlik prezidenti’ deb atashadi. Ishonchim komilki, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni faqat Siz to‘xtata olasiz. Biz bundan umidvormiz.”

🔹 Samarqand taklifi
Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining navbatdagi “C5+1” sammitini Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif etdi.

Kiritildi: 14:15 07.11.2025. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!