12 kunlik urush davomida AQSh Isroil ehtiyojlari uchun qo‘shimcha THAAD havo mudofaa tizimi raketalarini Saudiya Arabistonidan so‘ragan. Bu haqda Britaniyaning Middle East Eye nashri xabar berdi.
Iyun oyida, Eronning ballistik raketalari Isroil shaharlari ustiga yog‘ilayotgan bir paytda, Isroil THAAD tizimi uchun mo‘ljallangan raketalarini tugatib qo‘ygan.
🚫 AQSh rasmiylari Saudiya Arabistoniga yetkazilgan THAAD raketalarini vaqtincha qaytarib olish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq Riyod bu taklifga rad javobi bergan.
Eron va Isroil o‘rtasida janglar ketayotgan vaqtda Saudiya Arabistoni 2017 yilda imzolangan shartnoma asosida birinchi THAAD batareyasini qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
❕ Amerika rasmiylari Eron-Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuv AQShning havo mudofaa raketalari zaxirasini keskin kamaytirganidan xavotirda.
12 kunlik janglar davomida 150 ta raketa-perexvatchi (to‘siq raketa) uchirilgan, bu Pentagondan 2010 yildan beri sotib olingan umumiy miqdorning deyarli chorak qismini tashkil qiladi. The Guardian nashriga ko‘ra, janglar yakuniga kelib AQShda Patriot raketalarining atigi 25 foiz zaxirasi qolgan.
Taxminlarga ko‘ra, AQSh Isroilni himoya qilish uchun ishlatiladigan raketalarni to‘ldirishga 2 milliard dollar va bir yil sarflashi kerak bo‘ladi.
🛡️ Hozirda AQShda jami 7 ta THAAD havo mudofaa tizimi joylashtirilgan: uchtasi AQShning o‘zida, ikkitasi Isroilda, bittasi Saudiya Arabistonida va yana ikkitasi Janubiy Koreyaga yuborilishi rejalashtirilgan.