Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Vashington hozircha Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilmaydi

Vashington hozircha Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilmaydi

Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralar uchun imkoniyat qoldirishni istamoqda.

"Agar hamma bizdan kutayotgan ishni qilsak, ya’ni yangi sanksiyalar bilan Rossiyani ezib tashlasak, ehtimol, biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ular bilan muloqot qilish imkoniyatini yo‘qotamiz. Shunda Moskva bilan yana kim gaplashadi?" — dedi Rubio Politico nashriga NATO sammiti doirasida bergan intervyusida.

AQSh davlat kotibi, shuningdek, prezident Donald Tramp yangi iqtisodiy choralar uchun "mos vaqt qachon kelishini" juda yaxshi tushunishini aytdi.

"Agar bizda vaziyatni o‘zgartirish va Rossiyani muzokara stoliga o‘tkazish imkoniyati bo‘lsa, biz bu imkoniyatdan albatta foydalanamiz", — deya qo‘shimcha qildi Rubio.

Kiritildi: 21:35 25.06.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!