Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Vashington AQSh va Isroilni qoralaganlarni mamlakatga kirishini taqiqlamoqchi — The New York Times

 Vashington AQSh va Isroilni qoralaganlarni mamlakatga kirishini taqiqlamoqchi — The New York Times

Nashrning yozishicha, Davlat kotibi Marko Rubio xorijdagi diplomatlarga viza olishga ariza beruvchi ba’zi talabgorlar, jumladan talabalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini batafsil o‘rganishni buyurib, AQSh va Isroilni tanqid qilishda gumon qilinayotgan shaxslarga mamlakatga kirishni taqiqlashga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rishni topshirgan.

Rubioning ko‘rsatmalarida, shuningdek, agar talabnoma beruvchining xulq-atvori yoki harakatlari Qo‘shma Shtatlar fuqarolari yoki AQSh madaniyatiga (jumladan hukumat, institutlar yoki asosiy tamoyillarga) nisbatan dushmanlik munosabatini namoyon etsa, unga viza berish rad etilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Kiritildi: 10:19 04.04.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!