Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A. va U.A. fuqaro X.R.dan 12 000 AQSh dollarini 151,2 so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar SH.X. va K.J. fuqaro M.X.dan 4 700 AQSh dollarini 48,9 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Yana bir holat, Hazorasp tumanidagi tezkor tadbirda fuqarolar M.A. va A.YA. fuqaro U.A.dan 3 700 AQSh dollarini 43,3 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan (muqaddam sudlangan) J.X. fuqaro X.R.dan 4 000 AQSh dollarini 50,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.