Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Valyuta kursining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri

Valyuta kursining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri

📍Mamlakatda makroiqtisodiy vaziyatni tartibga solishda valyuta kursi asosiy instrumentlardan biri bo‘lib, makroiqtisodiy masalalarni hal etishda uning roli kuchayib bormoqda.

💱Valyuta kursi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, inflyasiya darajasi, to‘lov balansi holati va davlat byudjetining ko‘rsatkichlariga hamda mamlakat pul bozoridagi talab va taklif shakllanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi.

💱Bunda valyuta kursi rejimining qaysi turi tanlab olingani alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda rasman “erkin suzuvchi” valyuta kursi rejimi amal qiladi.

📈O‘zbekiston so‘mi kursining shakllanishiga mamlakatimiz ichki valyuta bozoridagi talab va taklif dinamikasi, asosiy savdo hamkor-davlatlarda milliy valyuta kursidagi o‘zgarishlar hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining valyuta kursi bo‘yicha kutilmalari muhim ta’sir ko‘rsatadi.

📌Valyuta kursining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqish mumkin.

1️⃣Ichki narx-navolar va inflyasion kutilmalarga ta’siri: 2022 yil yakunlari bo‘yicha aholi tomonidan asosiy iste’mol qilinadigan tovarlar importi qariyb 9,2 mlrd dollarni tashkil etib, ularning jami importdagi ulushi 33 foizga to‘g‘ri keldi.

2️⃣To‘lov balansiga ta’siri: Valyuta kursining tushishi eksport ko‘rsatkichlarining oshishi, import hajmlarining pasayishi va tashqi qarz mablag‘larini jalb qilgan xo‘jalik sub’ektlarining qarz yuki oshishiga olib keladi.

3️⃣Byudjet daromadlariga ta’siri: valyuta kursi o‘zgarishi ichki narxlar darajasiga ta’sir qilishi orqali bilvosita soliqlar (QQS, aksiz, sotuvdan soliqlar va b.) hajmini o‘zgartiradi.

4️⃣Tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish: Milliy valyuta kursining qadrsizlanishi tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishiga olib keladi.

Kiritildi: 14:57 24.08.2023. O'qildi: 3514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!