Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro D.S.dan 3 700 AQSh dollarini 47,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qarshi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Q.Q. fuqaro J.O‘.dan 3 300 AQSh dollarini 42,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, 42,4 mln so‘m, 100 AQSh dollari, 1 dona pul sanash uskunasi va 1 dona pullarni tekshirish detektori ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.