Ispaniya sharqidagi Valensiyadagi suv toshqinlari tufayli bedarak yo‘qolganlar soni 250 kishiga yetgan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda El Español gazetasi qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada halok bo‘lganlar soni 158 kishiga yetgan, biroq bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari hamon davom etmoqda.
1 noyabr kuni respublikaning ayrim hududlarida ob-havo haqida ogohlantirish saqlanib qoladi.
Oldinroq Ispaniyaning Valensiya avtonom hamjamiyati ma’muriyati qurbonlar va ko‘plab vayronagarchiliklarga olib kelgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish uchun 250 million yevro ajratishi xabar qilingandi.