Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Vadim Abramov: "Qirg‘iziston bilan o‘yin TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi mumkin"

Vadim Abramov: "Qirg‘iziston bilan o‘yin TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi mumkin"

Oldinroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Vadim Abramovning xohishi tufayli televideniyeda namoyish etilmasligi haqida xabar tarqalgandi.

Ammo Vadim Abramov o‘yinni TV orqali ko‘rsatish mumkinligi, bunga hech qanday qarshilik yo‘qligini ma’lum qildi.

Vadim Abramov:

«Terma jamoa uchun muxlislar va ularning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim. Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda tribunalar to‘la bo‘lishiga ishonaman. Lekin Qirg‘iziston bilan uchrashuv o‘rtoqlik maqomiga ega bo‘lgani sababli bizda ko‘pchilik muxlislar stadionga kelmasligi mumkin degan taxmin bor edi.

Shu bois, ya’ni muxlislar bilan to‘lgan tribunalar qarshisida o‘ynash istagida biz TV orqali translyasiya qilinmagani ma’qul, deb o‘ylab qoldik. Bu shunchaki taklif edi, biz azbaroyi futbolimiz ixlosmandlari stadionga kelishlarini xohlaganimiz uchun shunday dedik. Qolaversa, shu orqali Saudiya Arabistoniga "syurprizlar" tayyorlash mumkin edi.

Mayli, agar Milliy teleradiokompaniya xohlasa, O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yinini translyasiya qilishi mumkin, bizda hech qanday qarshilik yo‘q».

Kiritildi: 13:21 05.11.2019. O'qildi: 2581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!