Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

VADA bayonoti: Donald Tramp va AQSh amaldorlariga JCH-2026 hamda Olimpiada-2028 ga tashrif buyurish taqiqlanmaydi

VADA bayonoti: Donald Tramp va AQSh amaldorlariga JCH-2026 hamda Olimpiada-2028 ga tashrif buyurish taqiqlanmaydi

Butunjahon antidoping agentligi (VADA) AQSh tomonidan badallar to‘lanmayotganligi sababli AQSh prezidenti Donald Tramp va boshqa amerikalik amaldorlarga 2026 yilgi jahon chempionati hamda 2028 yilgi Olimpiadaga tashrif buyurishni taqiqlashni rejalashtirmayapti. Bu haqda VADA matbuot xizmati rasmiy saytda ma’lum qildi.

Bundan avval Associated Press agentligi AQShning VADAga yillik badalni to‘lashdan bosh tortgani sababli Tramp va amerikalik mulozimlarga futbol bo‘yicha jahon birinchiligi hamda Los-Anjelesdagi Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Agentlik bayonotida ta’kidlanishicha, Associated Press jurnalistining maqolasi mutlaqo chalg‘ituvchi xarakterga ega. Shu bilan birga, xabarda agar VADAni moliyalashtirish qisqarsa, bundan butun dunyodagi, jumladan, AQShdagi sportchilar ham zarar ko‘rishi aytib o‘tilgan.

Kiritildi: 23:41 14.03.2026. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!