Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.O. “Bo‘ston” MFY hududidagi “SH.S.” MCHJning omborxonasida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va iste’molga yaroqsiz 13 turdagi umumiy bahosi 721 mln so‘mlik jami 28 585 dona alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.