Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Uzum Nasiya operatori yarim yilda 130 foizga ko‘proq foyda qildi

Uzum Nasiya operatori yarim yilda 130 foizga ko‘proq foyda qildi

2025 yilning birinchi yarmida Uzum Nasiya xizmatini ko‘rsatuvchi Solution Lab AJ sof foydasini qariyb ikki baravarga oshirdi. Moliyaviy natijalar kompaniya tushumi va aktivlarining keskin o‘sganini ko‘rsatmoqda.

Uzum Nasiya operati hisoblangan Solution Lab AJ 2025 yilning birinchi yarim yilida 311,9 milliard so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu 2024 yilning mos davridagi 136 milliard so‘m bilan solishtirilganda 129,4 foizga ko‘pdir.

Kompaniya moliyaviy hisobotiga ko‘ra, bu o‘sish umumiy sof tushumning keskin ko‘payishi orqali ta’minlangan. 2024 yilning birinchi yarmida 524 milliard so‘m bo‘lgan tushum, 2025 yilda 1,4 trln so‘mga o‘sib, jami 1,9 trln so‘mga yetdi.

Biroq xarajatlar ham ancha ko‘paygan. Kompaniyaning umumiy xarajatlari 371 milliard so‘mdan 1,6 trln so‘mgacha oshgan. Shu bilan birga, Solution Lab AJ davlat byudjetiga 5,7 milliard so‘m miqdorida daromad solig‘i to‘lagan.

Kompaniya aktivlari ham ijobiy dinamikani namoyon etgan. 2025 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, jami aktivlar hajmi 186,4 milliard so‘mga ko‘payib, 1,2 trln so‘mga yetgan.

Uzum Nasiya o‘zining onlayn to‘lov va nasiya xizmatlari orqali bozordagi mavqeini mustahkamlab bormoqda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar bu xizmatga bo‘lgan talab ortib borayotganini anglatadi.

Kiritildi: 19:06 31.07.2025. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!