Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

"O‘zingga ehtiyot bo‘l, do‘stingni o‘g‘ri tutma!" maqollar xam o‘zgarmoqdami?

A A A
"O‘zingga ehtiyot bo‘l, do‘stingni o‘g‘ri tutma!" maqollar xam o‘zgarmoqdami?

Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 25 yoshli Z.E. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 28.000.000 so‘m pullar noma’lum tarzda yechib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 23 yoshli SH.J. sodir etganligi aniqlandi.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan SH.J. jabrlanuvchi Z.E. bilan oldindan yaxshi tanish bo‘lganligi va yaqinda u bilan ko‘rishganida bank kartasini o‘g‘irlab, uning 4 talik maxfiy kodini bilib olganiga ko‘ra, shu vaqtda bank kartasi hisobida bo‘lgan 28.000.000 so‘m pullarni bankomat orqali naqdlashtirib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, SH.J.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 17:46 30.08.2023. O'qildi: 1602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!