Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash imkoniyati paydo bo‘ldi

Ushbu xizmat bepul bo‘lib, undan dastlab Kredit byurosining rasmiy veb-sayti orqali foydalanish mumkin.

“Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi 2025 yil 6 iyun sanasidan "jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish yoki reestrdan chiqarish bo‘yicha" xizmatni joriy qilayotganligini ma’lum qildi.

Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar o‘zlarining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu o‘z navbatida bugungi kunda o‘sib borayotgan ya’ni, jismoniy shaxslarning xabarisiz kreditlar rasmiylashtirilishi holatlarining oldini olishga turtki bo‘ladi.

Kiritildi: 19:03 17.06.2025. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!