Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"O‘zgidromet" aholini kuchli chang-to‘zonli shamol bo‘lishidan ogohlantirmoqda

A A A
"O‘zgidromet" aholini kuchli chang-to‘zonli shamol bo‘lishidan ogohlantirmoqda

Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 13-14 aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +30...+35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha ko‘tariladi.

12-14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. 12-14 aprelda Qoraqalpog‘istonda, 13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol 25-28 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

Kiritildi: 10:07 11.04.2023. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!