Eron hujumi natijasida Quvayt shimolida kamida olti kishi jarohat oldi.
Bu haqda Al Jazeera Quvayt Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, zarba Quvayt shimolidagi turar-joy hududiga qaratilgan.
Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Markaziy qo‘mondonligi (Xatam al-Anbiya) vakili Ibrohim Zulfakari Eron Quvaytning Bubiyan orolida joylashgan Amerika qo‘shinlariga zarba berganini xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari Eron tomonidan bir necha bor nishonga olingan Arifjondagi bazadan u yerga ko‘chib o‘tgan.
Bubiyan oroli Quvaytning eng katta dengiz oroli bo‘lib, Fors ko‘rfazining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan.