Boshqa bayonotlar:
— Seshanba kuni Eron uchun oxirgi muddat;
— Biz hozir ham Erondan chiqib ketishimiz mumkin, lekin men bu ishni oxiriga yetkazmoqchiman;
— Biz Erondagi yangi rahbarlikni avvalgisidan aqlliroq deb hisoblaymiz. Mavjud vaziyat — to‘liq o‘zgarish bo‘lib turibdi;
— Eron F-15 masalasida birozgina omadli bo‘ldi. Urushda ba’zan omad ham kerak;
— Eron xalqi bombalar ovozini eshitmasa, xafa bo‘ladi. Ular bombalarni eshitishni xohlaydi;
— Biz ba’zi qurollarni yuborganmiz. Ular Eron xalqiga yetishi kerak edi. Lekin ularni yetkazgan odamlar o‘zida olib qolishgan. Men bu odamlardan juda noroziman, ular hali javob beradi;
— Eron xalqi qurol olsa, qarshilik ko‘rsatadi. Agar ularda qurol bo‘lsa, Eron juda tez taslim bo‘lar edi.