Eron zarbalari natijasida Isroilda 7 142 nafar kishi jarohat olgani ma’lum qilindi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 114 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarda davolanmoqda. Ularning 14 nafari og‘ir ahvolda, yana 26 nafarining holati o‘rta og‘ir deb baholangan.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. Bunga javoban Tehron raketa zarbalari bilan javob qaytargan.
Shuningdek, keskinlik ortidan mintaqadagi ayrim davlatlar o‘z havo hududini vaqtincha yopgani xabar qilingan.