Shu yilning 20-25 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgaradi. Shu sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Jumladan:
	- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
 
	- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
 
	- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
 
	- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
 
	- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi);
 
	- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.