Akbar Sultonov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.
25 noyabr kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo tadbirkorlik sub’ektlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga Akbar Sultonov bir ovozdan tasdiqlandi. Shuningdek, uyushma kengashining yangi tarkibi saylandi.