Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

UZCARD O‘zbekistonda MIR kartalariga xizmat ko‘rsatish davom ettirilayotganini ma’lum qildi

UZCARD O‘zbekistonda MIR kartalariga xizmat ko‘rsatish davom ettirilayotganini ma’lum qildi

O‘zbekistonda MIR to‘lov tizimi kartalariga, jumladan UZCARD-MIR kobeydjing kartalariga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatish davom ettirilmoqda. Bu haqda Yagona umumrespublika prosessing markazi (UZCARD to‘lov tizimi) Rossiyaning TASS axborot agentligiga ma’lum qilgan.

“Hozirda O‘zbekiston banklarida Mir kartalariga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda O‘zbekistonning beshta banki — Xalq banki, Mikrokreditbank, Qishloq qurilish bank, Turonbank hamda Aloqabanklar MIR kartalarini emissiya qiladi.

Hozirga qadar Turkiya, Qozog‘iston, Armaniston va Vyetnamning bir qator banklari AQSh va Buyuk Britaniyaning ikkilamchi sanksiyalariga tushish xavfi ortidan Rossiyaning MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.

Kiritildi: 12:54 22.09.2022. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!