Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer davlat zaxirasiga qaytarildi

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer davlat zaxirasiga qaytarildi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchi Solih Shoydulov (ism-sharif o‘zgartirildi) mahalla hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lning muhofaza zonasidagi davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonning 0,012 gektarini huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab oladi.

G‘ayriqonuniy egallangan yerda 12 kvadrat-metrdan iborat binoga mustahkamgina poydevor tashlaydi.

Tumandagi Kakan mahallasi hududida yuz bergan bu holatni Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tuman bo‘limi nazoratchilari payqab qolib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi. Jarima chorasini qo‘llab, amaldagi qonunchilikka zid bu ishni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatma berdi.

Erning davlat mulki va har qarichining hisob-kitobi borligini chuqur anglagan S.Shoydulov o‘zboshimchalik bilan qurib olgan poydevorni o‘z hisobidan qayta buzishiga to‘g‘ri keldi. Yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Kiritildi: 16:42 14.04.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!