Qonunlar – jamiyat mezoni, ularning ustuvorligini ta’minlash jamiyat taraqqiyoti va rivojlanish kafolatidir. Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati balan tahliliy tanishib borish esa davr talablaridan biridir.
Shu bois, “O‘zbektelekom” AKda xodimlarning bu boradagi bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, amaliyoti va ahamiyati mavzusida o‘quv seminar tashkil qilindi. Videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tkazilgan o‘quv seminarda Kompaniya ijro apparati, tarkibidagi filiallarda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida “O‘zbektelekom” AK Faxriylar kengashi raisi G‘olibsher Ziyayev so‘z olib, o‘quv seminardan ko‘zlangan maqsad hamda mazkur yo‘nalishda Kompaniya tomonidan olib borilayotgan faoliyatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Salomat Niyozovaning “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son qonuni mazmun-mohiyati” va “Davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va javobgarlik masalalari” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. Tadbir so‘ngida qatnashchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Reklama huquqi asosida