“Rossiyani Mironovning o‘zi, o‘g‘illari, kuyovlari, nevaralari himoya qilishi kerak”.
O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka chaqirib, buning uchun javobgarlik borligini eslatgandi.
Rossiyalik deputat Sergey Mironov bu chaqiriqqa nisbatan “sizni boqayotgan mamlakatni himoya qila olmaysizmi”, deb X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Mironovga munosib javob qaytardi:
“O‘zbeklar barakali xalq, haqqini mehnat qilib topadi, odam o‘ldirib emas.
Rossiyani esa Mironovning o‘zi, o‘g‘illari, kuyovlari, nevaralari himoya qilishi kerak.
Bilishimcha, ruslar ham vatanni himoya qilishni o‘zbeklardek muqaddas burch deb hisoblaydilar?“, deb yozdi Qodirov.
❗️Eslatib o‘tamiz, xorijiy davlat hududidagi harbiy harakatlarda qatnashish jinoyatini sodir qilgan barcha O‘zbekiston fuqarolari istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortiladi.