Buxoro va Farg‘ona shaharlari hamda “Do‘stlik” (Andijon) va “G‘ishtko‘prik” (Toshkent viloyati) chegara bojxona postlarida boj olinmaydigan savdo do‘konlari paydo bo‘ladi.
Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu qanday ishlashini eslatamiz:
▪️mehmonlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aviachiptani ko‘rsatib o‘zlariga yoqqan tovarlarni xarid qilishlari mumkin;
▪️xaridlar jo‘nash kunida xalqaro aeroportlarda topshiriladi.
Hozirgacha Samarqand va Xivada ham shunday do‘konlar ochilgandi.