“Arsenale Group S.P.A.” muhandislik, qurilish, transport va turizm kabi turli biznes sohalariga ixtisoslashgan italyan kompaniyasidir.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Italiyaning “Arsenale Group S.P.A.” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, kompaniya 2026 yildan boshlab O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab harakatlanadigan hashamatli “Luxury Train Cruising” poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Ikkala tomon ham loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga va uning O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun muhimligiga ishonch bildirgan.
“Luxury Train Cruising” poyezdi dunyo sayyohlariga Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarga borish imkonini beradi. Poyezdda yo‘lovchilarga sayohat paytida maksimal qulaylik ta’minlanadi.