Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Si Szinpin og‘ir betobmi?

Si Szinpin og‘ir betobmi?

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning xatti-harakatlari u og‘ir kasallikka chalingan deya shubhalanishga asos beradi. Siyosatchi boshini chap tomonga egib yuradi, bu insult oqibati bo‘lishi mumkin, deb yozdi «Kitayskaya ugroza» telegram-kanali.

«Agar insult bosh miyaning harakatlanish qobig‘i yoki inson miyasidagi bazal gangliyalar deb ataluvchi to‘qimalarni shikastlasa, bu bo‘yin mushaklarining, masalan, trapesiyasimon mushak yoki to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning bir tomondan kuchli tortilishiga olib keladi», — deyiladi xabarda.

Shunga o‘xshash fiziologik o‘zgarishlar tufayli bosh doimiy tarzda beixtiyor bir tomonga egilib qolishi mumkin.

Xitoy rasmiylari bu xabarga munosabat bildirgani yo‘q, Si Szinpinning betobligiga dalil bo‘luvchi boshqa ma’lumotlar ham mavjud emas.

Kiritildi: 01:12 11.05.2025. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!