Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen vafot etdi

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Vasilevich Fen vafot etganini ma’lum qildi.

“Vitaliy Fen butun umrini Vatanimizga xizmat qilishga bag‘ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ko‘p yillik faoliyati O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining mustahkamlanishida o‘chmas iz qoldiradi.

Vitaliy Vasilevich Fen “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 23:52 18.06.2024. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!