O‘zbekiston G‘azodagi vaziyatni insonparvarlik fojiasi sifatida baholaydi va tinch aholiga qarshi zo‘ravonlikni qat’iyan qoralaydi.
O‘zbekiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga to‘liq amal qilish, gumanitar yordamni to‘sqinliksiz yetkazish, va mojaroni “ikki xalq – ikki davlat” tamoyili asosida diplomatik yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Jafokash Falastin xalqiga insonparvarlik yordami hamda ko‘mak ko‘rsatishda O‘zbekiston doimo faol. Xususan, 100 nafar falastinlik bemor davolanish uchun yurtimizga olib kelindi, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun Prezident tomonidan maxsus farmon qabul qilingan.