Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.
Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.
Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda agentlik ularga yaqindan yordam beradi.
Ushbu reytingdan Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 8 ta OTM o‘rin olgan. Ular:
Toshkent tibbiyot akademiyasi;
Samarqand davlat universiteti;
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
Toshkent davlat stomatologiya instituti;
Toshkent farmasevtika instituti;
Andijon davlat tibbiyot instituti;
Buxoro davlat tibbiyot instituti;
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Bunda OTMlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi:
o‘qitish;
tadqiqot muhiti;
tadqiqot sifati;
sanoat;
xalqaro istiqbollar.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash bo‘yicha ma’lumot taqdim etgan bo‘lib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar maqomiga ega bo‘ldi.