Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonliklar o‘zlari istagan bank plastik kartasida maosh olishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar o‘zlari istagan bank plastik kartasida maosh olishi mumkin bo‘ladi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot vaqtida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov plastik kartalar bilan bog‘liq holat haqida fikr bildirdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar berib o‘tdi.

- Boshqa davlatlar tajribasida bor bu narsa, ya’ni xodim o‘z maoshini o‘zi istagan bankdan olishi mumkin. Tashkilotlar ma’lum bir bank bilan shartnoma qilib, barcha xodimlar aynan o‘sha bank kartalaridan foydalanmaydi. 

Chunki xodimga mutlaqo boshqa bank xizmati, prilojeniyasi yoki boshqa xizmat turlari yoqishi mumkin. Ayni vaqtda Markaziy bank ham bu borada ish olib bormoqdamiz. Yaqin vaqtlarda o‘zimizda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, xodimlar o‘zlari istagan bank plastik kartalari orqali maoshlarini olishlari mumkin, - deydi Ilhom Norqulov.

 

Kiritildi: 10:48 13.06.2019. O'qildi: 1713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!