Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

TIV Alisher Navoiy haykali buzib tashlangani yuzasidan izoh berildi

TIV Alisher Navoiy haykali buzib tashlangani yuzasidan izoh berildi

Avvalroq, Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy haykalining buzilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston hukumati vakillari bilan bog‘lanib holatga aniqlik kiritdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan joy buyuk alloma xotirasiga yetarlicha munosib emasligi, shoir va mutafakkir uchun yanada ko‘rkam majmua qurilishi lozimligi bois yodgorlik mahalliy hokimiyat tomonidan olib tashlangani ta’kidlangan.

Aniqlanishicha, ushbu buzish ishlari Afg‘oniston Madaniyat va axborot vazirligi hamda keng jamoatchilik bilan kelishilmagan. Afg‘on tarafi holat yuzasidan taassuf bildirgan.

Bundan tashqari, Alisher Navoiy sharafiga alohida yodgorlik barpo etishni va’da bergan. Jumladan, hududni obodonlashtirish, shoir hayoti va ijodiy merosiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuvlarni tiklash, yodgorlik joylashgan maydonga buyuk shoir Alisher Navoiy nomi qo‘yilishi rejalashtirilganini ma’lum qilingan.

Kiritildi: 23:05 20.08.2025. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!