Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonliklar Germaniyaga qassoblik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda

O‘zbekistonliklar Germaniyaga qassoblik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda

Germaniyaning Premium Food Group tashkiloti O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Migrasiya agentligining Telegram’dagi «Xorijda ish» e’lonlar kanali xabar berdi.

Germaniya korxonalarida jami 300 ta ish o‘rni (Buxoro, Nukus va Termiz mintaqalari uchun 100 tadan) ajratilgan. Ishchilardan konveyerda ishlash, mahsulotlarni qadoqlash, tashish va uskunalarni nazorat qilish talab etiladi.

Ish vaqti haftasiga 39 soat, sinov muddati 6 oy, ish haqi esa taxminan 1700 yevroni tashkil qiladi. Tungi smenalar (23:00 dan 06:00 gacha) uchun 25 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.

Turar joy uchun oyiga 310 yevro ushlab qolinadi. Ovqatlanish xarajati kuniga taxminan 4 yevroni tashkil etadi.

Aviabilet, viza to‘lovi hamda hujjatlarni tayyorlash (tarjima, nostrifikasiya, sug‘urta va boshqalar) uchun taxminan 10 mln so‘m nomzodning o‘z hisobidan qoplanadi.

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berish lozim:

  • 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
  • oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplom;
  • ish tajribasi: oliy ma’lumotlilar uchun kamida 2 yil, kasb-hunar diplomi egalari uchun 5 yillik tasdiqlangan (my.gov.uz orqali) ish staji.
  • Til sertifikati talab etilmaydi, biroq nomzodlar nemis tilini muloqot darajasida bilishi va maxsus kasbga yo‘naltirilgan 4 oylik bepul kurslarda o‘qishi shart.

Nomzodlar 25 aprelgacha xorijdaish.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1282 qisqa raqami yoki 71 202−33−55 (ichki raqam 502) telefoniga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:40. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!