Boliviyaning Sukre shahrida o‘tkazilgan 37-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI-2025) yakuniga yetdi hamda rasmiy natijalar e’lon qilindi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta bronza hamda ilk marotaba kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Natijalar quyidagicha:
Shuningdek, ushbu olimpiadaning yakunlovchi marosimida 2026 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasini O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazish huquqi rasman topshirildi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 20 dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida AT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim qarorlar qabul qilingan edi. Xususan, 2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida o‘zbekistonlik ikki o‘quvchi bronza medallarini qo‘lga kiritgan edilar.