Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik sportchi yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchi yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Bu o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari uchun so‘nggi 24 yil ichida jahon chempionatlaridagi ilk oltin medal hisoblanadi.

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilgan sport kurashi bo‘yicha jahon chempionatida Aytjan Xalmaxanov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi. U yunon-rum kurashida -63 kg vazn toifasida finalda koreyalik Chung Xan-Jeni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bu natija — so‘nggi 24 yil ichida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari uchun jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal hisoblanadi.

Chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 5 ta medal oldi:

  • Oltin: Aytjan Xalmaxanov (63 kg, yunon-rum kurashi)

  • Kumush: Alisher G‘aniyev (60 kg, yunon-rum kurashi)

  • Bronza: G‘ulomjon Abdullayev (57 kg, erkin kurash)

  • Bronza: Umidjon Jalolov (65 kg, erkin kurash)

  • Bronza: Abdullo Aliyev (72 kg, yunon-rum kurashi)

Kiritildi: 12:41 22.09.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!