Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Italiya Falastin davlatini tan oladi, faqat bir shart bilan

Italiya Falastin davlatini tan oladi, faqat bir shart bilan

Italiya bosh vaziri Djordja Meloni, agar ikki shart bajarilsa, Falastinni tan olish mumkin, deb aytdi: barcha garovga olinganlarni ozod qilish va XAMASni hokimiyatning istalgan shaklidan chetlatish.

Meloni bu haqda BMT Bosh Assambleyasi chog‘ida aytib o‘tdi.

"Hukmron ko‘pchilik parlamentga rezolyusiya taqdim etadi, unda Falastinni tan olish ikki shartning bajarilishiga bog‘liq: barcha garovga olinganlarni ozod qilish va XAMASni Falastin boshqaruvining istalgan shaklidan butunlay chiqarib tashlash”, - dedi Meloni.

U Falastinning tan olinishiga qarshi emasligini, ammo buning uchun “suverenitet uchun zarur rekvizitlar” zarurligini ta’kidladi.

"Agar ular Falastinni tan olish siyosiy bosim vositasi deyishsa, buni tushunaman, lekin kimga bosim o‘tkazilmoqda? Men birlamchi siyosiy bosimni XAMASga qo‘llash kerak, deb hisoblayman, chunki XAMAS urushni boshlagan va garovdagilarni qo‘yib yubormasdan uni tugatmayapti", - dedi Meloni.

Avvalroq BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan anjumanda Andorra, Belgiya, Lyuksemburg, Malta, San-Marino va Fransiya Falastin davlatini tan olganliklarini e’lon qilgan edi. 21 sentyabr kuni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Portugaliya Falastinni rasman tan oldi. Ularning bayonotlariga ko‘ra, ikki xalq uchun ikki davlat tamoyiliga sodiqlik ham Falastin, ham Isroil xalqlari uchun tinchlik va xavfsizlikning kalitidir.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!