Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qatar Isroilning Dohaga uyushtirgan hujumini kechirdi(mi)?

Qatar Isroilning Dohaga uyushtirgan hujumini kechirdi(mi)?

Qatar Isroilning Dohadagi XAMAS qarorgohiga bergan zarbasiga qaramay, G‘azo sektoridagi harbiy mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik harakatlarini davom ettiradi.

Bu haqda Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

"Biz davom etayotgan dezinformasion kampaniyaga qaramay, urushni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish uchun izchil izlanish niyatidamiz. Bunday urinishlar bizni to‘xtata olmaydi, shuning uchun biz Misr va AQSh bilan hamkorlik va sheriklikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz", - dedi amir.

Shuningdek, u Isroilning Dohaga hujumi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni buzishga urinish ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:30 24.09.2025. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!