Bunga Donald Tramp korteji sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Turkiya prezidenti kortejini shaharda tirbandliklar vaqtida ko‘rib qolishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, Erdo‘g‘an xavfsizlik xodimlari bilan mahalliy polisiyachilar o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Natijada, Turkiya yetakchisi Tramp korteji o‘tib ketishini kutib turishga majbur bo‘lgan.
Kecha shunga o‘xshash hodisa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ham yuz bergan edi.