Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoysiz Putin Rossiyasi hech narsa emas — Zelenskiy

Xitoysiz Putin Rossiyasi hech narsa emas — Zelenskiy

Ukraina prezidenti bu fikrni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushni to‘xtatish haqida bevosita muzokaralar o‘tkazishdan qo‘rqadi.

"Putin Ukraina va butun dunyo bilan yuzma-yuz o‘tirib, faqat urushni istashini ochiq tan olishdan qo‘rqadi. U buning o‘rniga qon to‘kilishini to‘xtatishni istamaydigan va istay olmaydigan delegatlarni yuboradi. Putin xorijga, masalan, Pekinga yoki boshqa joylarga borganda ham, bundan faqat odamlarni o‘ldirish uchun vaqtdan yutish va diplomatiyaga intilish kabi ko‘rinadigan ko‘zbo‘yamachilikni yaratish uchun harakat qiladi", — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy, shuningdek, o‘z nutqida Xitoyga murojaat qildi va hozirda Rossiya unga bog‘liq ekanini ta’kidladi

"Agar Xitoy chindan ham bu urushni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, Moskvani bosqinni to‘xtatishga majbur qilgan bo‘lardi. Xitoysiz Putin Rossiyasi hech narsa emas. Ammo Xitoy ko‘pincha jim turadi va tinchlik yo‘lida faol harakat qilish o‘rniga chetda kuzatuvchi bo‘lib qolmoqda", — dedi Ukraina yetakchisi.

Bundan tashqari, u Donald Tramp bilan uchrashuvi ajoyib o‘tganini ma’lum qildi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ular tinchlikka erishish bo‘yicha “bir nechta yaxshi g‘oyalar”ni muhokama qilishgan va u bu g‘oyalar samara beradi, degan umidda.

"Biz Qo‘shma Shtatlarning harakatlari Rossiyani tinchlikka majburlashiga umid qilamiz. Moskva AQShdan qo‘rqadi va har doim unga e’tibor qaratgan", — dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 17:28 24.09.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!