@SputnikUzbekistan muxbirining Samarqanddan xabar berishicha, musobaqaning uchinchi turida ham asosiy erkaklar va ayollar jamoalari raqiblarini bir xil — 3:1 hisobida mag‘lub etgan.
Erkaklar terma jamoasi Avstriyani, ayollar esa Indoneziyani taslim etgan.
Uchinchi tarkibda o‘ynayotgan shaxmatchilar Marokash va Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsa, ikkinchi jamoalar Germaniya va Ispaniya vakillariga imkoniyatni boy bergan.