Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik qiz boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi (VIDEO)

A A A
O‘zbekistonlik qiz boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi (VIDEO)

Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati yakuniga yetib bormoqda. Kecha, 22 aprel kuni qizlar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistolik Nigina O‘ktamova jahon chempioniga aylandi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmatining yozishicha, o‘zbekistonlik bokschi qizlar shu paytgacha jahon chempionatining finaliga qadar yetib bormagan edi. Oltin medal uchun ringga ko‘tarilgan Nigina O‘ktamova hamda Mohinabonu Abdullayeva o‘zbek boksi tarixiga o‘z nomlarini yozib qoldirgan.

Dastlab, 54 kg vazn toifasida samarqandlik Nigina O‘ktamova ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to‘qnash keldi va 4:1 hisobida g‘alabaga qozondi. Shu tariqa, u o‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Shundan so‘ng, Mohinabonu Abdullayeva (64 kg) ham o‘z jangini o‘tkazdi. Afsuski, rossiyalik Azaliya Aminevaga qarshi bellashuvda Abdullayevaga biroz omad yetishmadi.

 

Kiritildi: 12:12 23.04.2021. O'qildi: 4921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!